Ana xolos! Endi yoshlari harbiyga bormagan qishloqqa elektr berilmaydi

Ana xolos! Endi yoshlari harbiyga bormagan qishloqqa elektr berilmaydi

Tojikiston janubidagi Laxsh tumanida tuman rahbarlari tomonidan yoshlarni Qurolli kuchlari safiga jalb etishning yangi yo‘li o‘ylab topildi.

Unga ko‘ra, rahbarlar harbiy xizmatga chaqiruv rejasini bajarmagan qishloqlarni to farzandlarini xizmatga jo‘natmaguncha elektr energiyasisiz qoldirishga qaror qilishdi.

"O‘n kunki, elektr energiyasidan mahrum qilishdi. Tuman ma’muriyatidan, agar armiyaga bitta yigitni jo‘natmasak, chiroq bo‘lmasligini ochiqchasiga aytishdi", – deydi ismini oshkor qilishni istamagan Surxob jamoatining Qushag‘ba qishlog‘ida yashovchi fuqaro.

Uning aytishicha, xuddi shunday holat tumanning Maydonterak va Oqsoy qishloqlarida ham kuzatilmoqda – bu qishloqlarda ham chaqiruv rejasi bajarilmagan.

Tuman elektr tarmog‘i xodimlaridan biri Qushag‘ba qishlog‘ida chiroq Laxsh tuman ma’muriyati rahbarining topshirig‘iga ko‘ra o‘chirilganini tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, harbiy xizmatga chaqiruv kuzgi rejasiga ko‘ra, Qushag‘ba qishlog‘idan atigi bir yigit chaqirilishi kerak. Qushag‘bada yuzga yaqin oila istiqomat qiladi. Ammo qishloq aholisining aytishicha, aslida harbiy xizmatga boradigan birorta ham yigit yo‘q – ularning hammasi yo oliy ta’lim dargohida o‘qimoqda, yo pul topish maqsadida Rossiyaga ketgan.

Tojikistonda amalda bo‘lgan “Harbiy xizmat va umumiy harbiy majburiyat to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom erkaklar armiyaga chaqiriladi. Kuzgi chaqiruv mamlakat prezidenti farmoni asosida 1 oktyabrda boshlandi va noyabr oyining oxiriga qadar davom etadi.

Manba: turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!