Amerikalik o‘qituvchilar O‘zbekiston maktablarida dars berishadi

Amerikalik o‘qituvchilar O‘zbekiston maktablarida dars berishadi

Joriy yilning 13 sentyabr kuni Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Atabek Nazirovning AQSh elchixonasi vakillari va USAIDning ta’lim bo‘yicha mutaxassislari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

USAID vakillari O‘rta va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan turli dasturlari haqida so‘zlab berdi. Hisobotlarga ko‘ra, o‘quvchilarning o‘zlashtirishini oshirish va zaif guruhlardagi yoshlar bilan ishlash hamda 2011-2017 yillarda bo‘lajak liderlarni tayyorlash sohasida USAID dasturlari dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida 109 milliondan ziyod bolalar va yoshlarni qamrab olgan.

Uchrashuv davomida mehmonlar bugungi kunda xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni bilan tanishtirilib, unda Atabek Nazirov bolaning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga va potensialini oshkor qilishga yo‘naltirilgan ta’lim berishning interfaol usullarini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

“Biz USAID bilan ta’lim sohasida hamkorlikni qayta tiklash va maktablarda ingliz tilini o‘qitish tizimini modernizasiyalashda yordam olish imkoniyatidan mamnunmiz” – dedi A.Nazirov

Shu munosabat bilan, USAID ekspertlari maktablardagi bolalarning o‘zlashtirish darajasini oshirish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish va vazifalarni amalga oshirish yuzasidan bir qator tadbirlarni taklif etishdi. Xususan tadqiqotlar doirasida o‘quvchilar o‘rtasida test imtihonlarini o‘tkazish va aniqlangan natijalar asosida o‘qituvchilar uchun dars berish usullarini yaxshilash va ularning samaradorligi oshirishga qaratilgan metodologiya ishlab chiqish taklif etildi. Shuningdek, tomonlar asosiy tillaridan biri sifatida ingliz tilini o‘qitishni, o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan, ilg‘or o‘qitish usullarini joriy etish muhimligini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar AQShdan malakali mutaxassislarni O‘zbekiston maktablariga jalb etish va ta’lim sohasidagi islohotlar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga qaror qilishdi. Mazkur dasturlarni 2019 yilda amalga oshirishga kelishildi.

Manba: asr.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!