Alisher Usmonovning qaysi jamoaga homiylik qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Alisher Usmonovning  qaysi jamoaga homiylik qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Tulaning Arsenal futbol klubiga ham homiylik qilmoqda. Bu haqda jamoa prezidenti Guram Adjoyev jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Sport-Ekspress .

Jurnalistning Arsenal klubiga Alisher Usmonov yordam berayotgani rostmi? mazmunidagi savoliga Guram Adjoyev quyidagicha javob bergan: So‘nggi ikki yil davomida Alisher Burxonovich bizning jamoaga ko‘mak bermoqda. Jamoaning hozirgi natijalari va barqarorligida uning katta hissasi bor. Buning uchun unga katta minnatdorchilik bildiramiz .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!