Afg‘onistonda «Tolibon» hujumlari oqibatida sakkiz polisiyachi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda «Tolibon» hujumlari oqibatida sakkiz polisiyachi halok bo‘ldi

Afg‘oniston janubidagi Zabul viloyatidagi uchta nazorat-o‘tkazish punktlariga jangarilar guruhi hujumlar uyushtirdi. «RIA Novosti» axborotiga ko‘ra, ushbu hujumlar oqibatida sakkiz polisiyachi halok bo‘lgan.

Viloyat gubernatorining rasmiy vakili Gulislom Siyolning ma’lum qilishicha, hujumlar ketma-ketligi shanbaga o‘tar kechasi yuz bergan. Hujumlar oqibatida yana uch polisiyachi tan jarohati olgan.

Afg‘onistonning 1TV telekanali axborotiga ko‘ra, ushbu hujumlar uchun javobgarlikni radikal kayfiyatdagi «Tolibon» harakati o‘z zimmasiga olgan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!