Abxaziyada Mi-24 vertolyoti halokatga uchradi

Abxaziyada Mi-24 vertolyoti halokatga uchradi

Abxaziya Mudofaa vazirligining Mi-24 vertolyoti Gulripsh rayonida halokatga uchradi, bu haqda Abxaziya harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Adgura Gumba ma’lum qiladi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Lev Kvisiniyaning TASS agentligiga ma’lum qilishicha, ekipajning uchala a’zosi ham tirik, ular kasalxonaga yotqizilgan.

“Apsnipress” xabariga ko‘ra, vertolyot bortida Georgiy Pachuliya, Vitaliy Korenov va Eduard Mkrtchan bo‘lgan. “Vertolyot qiyin favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi va keyin yonib ketdi. Uchala ekipaj a’zosi ham kasalxonaga yetkazildi, ularning hayotiga hech qanday xavf yo‘q”, — deydi janob Kvisiniya TASS bilan suhbatda.

Abxaziya Harbiy-havo kuchlari 2008 yildagi “Besh kunlik urush”da, ya’ni Abxaziyaning Kodori darasi va Gruziyaning g‘arbiy qismidagi Senaki shahridagi operasiyalarda faol ishtirok etgan ikkita Mi-24P vertolyotlari bilan qurollangan.

Bundan tashqari, Abxaziya armiyasida 1992-1993 yillardagi Gruziya-Abxaziya urushi paytida sotib olingan va faol qo‘llanilgan ikkita SU-27 qiruvchi samolyoti ham mavjud. Shuningdek, bitta MiG-21 qiruvchi samolyoti, bitta Su-25 hujum samolyoti, beshta L-39 hujum samolyoti va to‘rtta Mi-8 vertolyoti (ikkita Mi-8T va ikkita Mi-8MT) xizmat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!