490 nafar fuqaro Qozog‘istonda ishlash uchun jo‘nab ketdi

490 nafar fuqaro Qozog‘istonda ishlash uchun jo‘nab ketdi

O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlari ko‘plab sohalarda, shu jumladan, mehnat migrasiyasi sohasida ham jadal rivojlanib bormoqda, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati. 

Buni O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ish bilan ta’minlash maqsadida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Qozog‘iston Respublikasi ish beruvchilari o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida fuqarolarimizni ushbu davlatga ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilganida ham ko‘rish mumkin.

Kelishuvga muvofiq, 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 490 nafar fuqaro «Dovud ota» chegara posti orqali yirik qurilish ob’ektlarida belgilangan epidemiologik talablarga rioya qilgan holda ishlash uchun Qozog‘iston Respublikasining Aqtau shahriga tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, bepul sug‘urta polisi va xizmat ko‘rsatish shartnomasi rasmiylashtirildi. Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!