28 fevral kuni “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 4489 tonna avtobenzin yetkazib berildi

28 fevral kuni “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 4489 tonna avtobenzin yetkazib berildi

28 fevral kuni “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 4489 tonna avtobenzin yetkazib berildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

🟣Shuningdek, birja savdolariga avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotish uchun 9510 tonna avtobenzin, 1546 tonna dizel yonilg‘isi qo‘yilgan bo‘lib, undan 4617 tonna avtobenzin, 845 tonna dizel yonilg‘isi sotildi.

🟣542 ta shoxobcha orqali aholiga va ijtimoiy sohalar ob’ektlariga tegishli avtomobillar, shuningdek, jamoat transportlarining barcha turlariga 3 million 725 ming kubometr tabiiy gaz sotildi.

🟣Shuningdek, avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali jami 1 ming 30 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.

🟣Respublika iste’molchilariga 231,6 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 2 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!