25 million yevro o‘g‘rilagan guruh qo‘lga olindi

25 million yevro o‘g‘rilagan guruh qo‘lga olindi

Ispaniyada pul mablag‘lari o‘tkazish talabi yozilgan soxta maktublar jo‘natish orqali tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Meksika va Xitoydagi kompaniyalar bu guruhning qurbonlari bo‘lgan. O‘ttizdan ortiq tovlamachilik holatlari aniqlangan bo‘lib, yetkazilgan zarar 25 million yevro deb baholanmoqda.
Ushbu ish doirasida Nigeriya, Dominika, Venesuela va Ispaniya fuqarolari bo‘lgan o‘n kishi qo‘lga olingan.

Ular o‘zlarini kompaniya rahbari sifatida tanishtirib moliya bo‘linmalari xodimlariga pul o‘tkazish so‘ralgan nigeriyacha maktublar jo‘natishgan.

Soxta hujjatlar asosida ochilgan hisob raqamlariga pul tushganidan so‘ng ular pullarni naqdlashtirishgan yoki YEI mamlakatlaridagi hisob raqamlariga o‘tkazishgan. Pullar u yerdan yana Ispaniyaga qaytarilgan yoki Nigeriyaga mahsulot jo‘natuvchi kompaniya hisob raqamiga o‘tkazilgan.

Guruh ushbu ish bilan uch yil davomida shug‘ullanib kelganligi aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!