23 may: bugun tarixda qanday voqea-hodisalar yuz bergan?

23 may: bugun tarixda qanday voqea-hodisalar yuz bergan?

Bugun 23-may haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.


Xalqaro sport kurashi kuni.
Butunjahon toshbaqalar kuni.
Tojikiston – Yoshlar kuni.
Meksika – Talabalar kuni.
Ukraina – Qahramonlar kuni.
Ozarbayjon – Atrof-muhit va tabiiy resurslar vazirligi kuni.
Yamayka – Mehnat kuni.


🔸Vena shahrida Kiril Demyan o‘zining musiqa asbobi – akkordeonni patentladi (1829).
🔸Venada yunon-rum kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempionati boshlandi (1904).
🔸Namanganda Boborahim Mashrab muzeyi va haykalining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi (1992).
🔸Germaniyaning Bonn shahrida ingliz, nemis va rus tilida chop etilgan “Islom Karimov – yangi O‘zbekiston Prezidenti” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi (1996).


🔹1707-yil: Karl Linney (1778) – Shved tabiatshunosi, o‘simliklar va hayvonot dunyosi tasnifi jadvalini tuzgan olim.
🔹1891-yil: Per Fabian Lagerkvist (1939) – shved yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1951).
🔹1908-yil: Jon Bardin (1991) – amerikalik fizik, tranzistorni yaratgan, ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan yagona olim (1956, 1972).
🔹1936-yil: Toshxo‘ja Akromov – kinorejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
🔹1951-yil: Anatoliy Karpov – taniqli shaxmat ustasi,12-jahon chemioni, xalqaro grossmeyster.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!