2020 yilda 60 million odam «o‘ta qashshoqlik»ka tushib qolishi mumkin

2020 yilda 60 million odam «o‘ta qashshoqlik»ka tushib qolishi mumkin

Jahon bankining yangi hisoboti — «Global iqtisodiy istiqbollar»ga ko‘ra, 2020 yilda 60 million odam «o‘ta qashshoqlik»ka tushib qolishi mumkin ekan.

Jahon bankining hisob-kitoblari bo‘yicha, insonning kunlik daromadi kamida 1,9 dollarni tashkil etganda (kuniga taxminan 20 ming so‘m) — «o‘ta qashshoqlik» holati, deb belgilanadi.

* Sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish choralaridan tashqari davlat boshqaruvini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish zarur. 

* Rivojlanish jarayonini sekinlashtirgan monopol kompaniyalarga yirik davlat subsidiyalari tizimini isloh qilish o‘ta muhim.

* Kelajak iqtisodiyotini yaratish uchun mamlakatlar inson kapitaliga investisiya kiritishlari kerak bo‘ladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!