2019 yilda pensionerlarning pensiya miqdori o‘rtacha 65 ming so‘mdan 265 ming so‘mgacha oshadi

2019 yilda pensionerlarning pensiya miqdori o‘rtacha 65 ming so‘mdan 265 ming so‘mgacha oshadi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi rasmiy saytida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonining ahamiyatiga munosabat bildirdi, deya xabar berdi O‘zA.

Unda aytilishicha, avvallari o‘rtacha oylik ish haqi - 2200 ming so‘m va ish staji 35 yil bo‘lgan fuqaroga amaldagi tartib bo‘yicha pensiya hisoblashda 1621 ming so‘m (eng kam ish haqining 8 baravari) inobatga olingan (qolgan qismi, ya’ni 579 ming so‘m hisobga olinmagan), shundan kelib chiqib ushbu summaning 55 foizi, ya’ni pensiyaning tayanch miqdori (891 550 so‘m) belgilanib, talab etiladigan (25 yil) dan ortiqcha ishlagan 10 yilning har bir yili uchun 1 foizdan qo‘shimcha hisoblanib, pensiyaning umumiy miqdori 1 054 ming so‘mni tashkil etar edi.

Yangi tartib bo‘yicha esa, ushbu fuqaroga o‘rtacha oylik ish haqi 1 621 ming so‘m emas, 2 027 ming so‘m (EKIHning 10 baravari) miqdorida hisobga olinadi. Bunda, pensiyaning tayanch miqdori 1 115 ming so‘mni, ortiqcha ishlagan yillar uchun qo‘shimchani hisobga olgan holda pensiyaning umumiy miqdori 1 317 ming so‘mni tashkil etadi yoki 263 ming so‘mga oshadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu farmon nafaqat 2019 yil 1 yanvardan keyin pensiyaga chiquvchilarga, balki ushbu toifaga tushuvchi hozirgi kunda pensiya olib turgan pensionerlarga ham tatbiq etiladi hamda ularning pensiyalari qayta hisoblab chiqiladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, jami 533 ming nafardan ortiqroq pensionerlarning pensiya miqdorlari o‘rtacha 65 ming so‘mdan 265 ming so‘mgacha oshadi.

Farmonda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun 2019 yilda jami 1,8 trln.so‘m miqdorida mablag‘ talab etiladi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!