20 santimetr: xitoylik ayol eng uzun kiprik sohibasi sifatida rekord o‘rnatdi (FOTO)

20 santimetr: xitoylik ayol eng uzun kiprik sohibasi sifatida rekord o‘rnatdi (FOTO)

Xitoylik ayol kiprigini yigirma santimetrgacha o‘stirdi va o‘zi ilgari o‘rnatgan jahon rekordini yangiladi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi sayti xabar bermoqda.

2021 yil 20-mayda Ginnesning rekordlar kitobi mutaxassislari Yu Szyansya kirpiklarini o‘lchab, yangi jahon rekordini qayd etishdi. Kirpiklarining o‘rtacha uzunligi 20 santimetrni tashkil etgan, ammo chap ko‘zining yuqori qovog‘idagi eng uzun kirpikning uzunligi 20,5 santimetrga teng edi.

2016 yilda xitoylik ayol birinchi bo‘lib dunyodagi eng uzun kiprik egasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgandi.

«Men 2015 yilda kirpiklarim doimiy ravishda o‘sib borishini angladim. Ular asta-sekin uzunlashardi. Kirpiklarim nima uchun boshqa odamlarnikidan uzunroq ekanligini bilish uchun shifokorlarga murojaat qildim. Ular buni tushuntira olmadilar va hayratda qoldilar», - dedi Szyansya. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hech qachon ko‘zini bo‘yay olmaydi yoki ko‘zoynak taqmaydi.

Yu sodir bo‘layotgan voqealarga ilmiy izoh topishga urindi va sabablarini genetikada izladi. Ammo uning qarindoshlaridan birortasida bunaqa uzun kipriklar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!