2 nafar fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

2 nafar fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Qibray tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.A. 2 nafar fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Chirchiq davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirib, evaziga har biri uchun 4 500 AQSh dollaridan hisoblab jami 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!