Falastindan 100 kishi O‘zbekistonga vaqtincha evakuasiya qilindi
100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar ularning hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga evakuasiya qilindi.
Bu haqda O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev xabar berdi, deb yozmoqda “ Gazeta.uz”.
Ma’lum qilinishicha, ushbu evakuvasiya amaliyoti ikki davlatning Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.
Qilichevning ta’kidlashicha, evakuvasiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda qoladi. Ushbu bemor falastinliklar davolanish va sog‘liqlarini qayta tiklash uchun reabilitasiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi, deya qo‘shimcha qildi Qilichev.
O‘zbekiston hukumati ularga mamlakatda bo‘lish davrida oilasining barcha ehtiyojlari, jumladan, mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan ta’minlaydi.
Mansurbek Qilichevning tushuntirishicha, O‘zbekiston prezidenti 2024 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Falastin masalasiga bag‘ishlangan favqulodda arab-islom sammiti oldidan so‘zlagan nutqida Falastin hududlarida harbiy operasiyalarni to‘xtatish va xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash muhimligini ta’kidlab, Toshkent jarohatlangan falastinlik bolalar va ayollarni davolash uchun qabul qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.
«Biz Falastin xalqiga amaliy yordam ko‘rsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda o‘tadigan „Ko‘rfaz arab davlatlari — Markaziy Osiyo“ sammitida ham muhokama qilish niyatidamiz», — degandi davlat rahbari.