Yuz minglab yamanliklar G‘azoni qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazdi

Yuz minglab yamanliklar G‘azoni qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazdi

Yaman poytaxtida G‘azo sektoridagi falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Mahalliy matbuotning ta’kidlashicha, namoyishlarda ikki milliondan ortiq odam qatnashgan.

Ketma-ket 40-haftada o‘tkazilayotgan mitinglar Isroil va AQShning harakatlariga qarshi qaratilgan edi. Namoyishchilar Falastin va Yaman bayroqlarini ko‘tarib, Isroil va Amerikaga qarshi shiorlar aytishdi.

Namoyishchilar Yaman armiyasidan Isroilning Hodeyda portiga yaqinda uyushtirgan hujumiga javob berishni talab qildi. «Dushman yolg‘on g‘alabaga erishish uchun Hudaydada o‘t qo‘yib, g‘azabimizni qo‘zg‘atdi va amaliyotlarimiz davom etmoqda; qasos olish muqarrar», - deyiladi namoyishchilar bayonotida.

Namoyishchilar Isroil bilan munosabatlarni normallashtirgan arab davlatlarini ham qoralab, G‘azodagi harakatlarga javoban bu aloqalarni uzishga chaqirishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!