Yunusobodda chiqindixonada tashkil qilingan «PIROJKIXONA» buzib tashlandi

Yunusobodda chiqindixonada tashkil qilingan «PIROJKIXONA» buzib tashlandi

Bugun Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi tomonidan Yunusobod tumani 273-maktabga yondosh bo‘lgan chiqindi tashlash qutilari joylashgan hududda pirojki mahsuloti sotilayotgani va bu bolalar salomatligiga xavf tug‘diryapti, mazmunidagi xabar e’lon qilindi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan xabarga nisbatan Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, Yunusobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada fuqaro U.A.Madalov tomonidan mahsulot sotilayotgan ob’ekt noqonuniy tarzda tashkil qilingan bo‘lib, pirojki mahsulotini ushbu ob’ektda tayyorlamay, olib kelib sotayotgani aniqlandi. O‘rganishlar davomida mahsulotni saqlash, uni sotish uchun sanitariya talablariga mos ravishda joy tayyorlanmagani va ushbu hududda bu kabi savdoni amalga oshirish uchun hech qanday ruxsatnoma (tegishli hujjat) yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu noqonuniy tarzda tashkil qilingan hududda oziq-ovqat mahsulotlarini sotmaslik tushuntirilib o‘tilgach, savdoni to‘xtatish va noqonuniy qurilmani o‘z xohishi bilan oldirib tashlash bo‘yicha tushuntirish xati olindi. Shundan so‘ng tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu noqonuniy qurilma buzdirilib, mahsulot savdosi to‘xtatildi.

Qayd etish kerakki, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, uni saqlash va sotish ishlarini amalga oshirish uchun Sanitariya qoida va me’yorlariga ko‘ra, mahsulotni pishirish, uni saqlash uchun alohida xona, maxsus jihozlar mavjud bo‘lishi, sotuvchi va taom tayyorlovchi shaxs har olti oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishi, mahsulot sotiladigan ob’ektda faoliyat olib borish uchun vakolatli organlar tomonidan ruxsatnomaga ega bo‘lish talab etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!