YHXB xodimini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

YHXB xodimini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida YHXB xodimiga bo‘ysunmasdan, uni mashinasida urib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 11 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori, safdor I.E. Keles yo‘li ko‘chasida joylashgan “Keles” YPX maskanida xizmat olib borayotgan vaqtida shu yerda harakatlanib kelayotgan Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, M.S. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasiga to‘xtash ishorasini bergan. Ammo haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay uni urib yuborib voqea joyidan yashiringan.

Natijada safdor I.Ergashev jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.S. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!