Yaponlar koronavirus tufayli o‘z jonlariga qasd qilishmoqda

Yaponlar koronavirus tufayli o‘z jonlariga qasd qilishmoqda

Tokio shahar Gerontologiya instituti sosiologlari tadqiqot o‘tkazib, Yaponiyada o‘z joniga qasd qilishlar soni 16 foizga ko‘payganligini aniqladilar. Mualliflar o‘sishni koronavirusning ikkinchi to‘lqini va unga bog‘liq cheklovlar bilan bog‘lashdi.

Mutaxassislarning hisobotida ta’kidlanganidek, pandemiyaning birinchi to‘lqinida mamlakatda o‘z joniga qasd qilishlar soni, aksincha, 14 foizga kamaygandi.

"Pandemiya, odatdagi holatlardan farqli o‘laroq, bolalar, o‘spirinlar va ayollarning (ayniqsa uy bekalari) psixologik holatiga har xil darajada ta’sir qiladi", deb ta’kidladilar tadqiqot mualliflari.

Koronavirus tarqalishining oldini olish uchun rasmiylar cheklov choralarini keng qo‘llashdi: odamlar ijtimoiy aloqalarni cheklashlari, jamoat yig‘ilishlaridan qochishlari, maktablarni yopishlari va tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatishlari kerak bo‘ldi.

Pandemiya odamlarning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb ta’kidlaydilar tadqiqotchilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!