Yaponiyalik olimlar doimiy immunitet beruvchi vaksinani yaratishmoqda

Yaponiyalik olimlar doimiy immunitet beruvchi vaksinani yaratishmoqda

Vaksina ustida Tokio tibbiyot fanlari instituti olimlari ishlashmoqda. Vaksina asosi sifatida mutaxassislar XVIII asrda ishlab chiqilgan, virusning zararsiz variantini o‘z ichiga olgan chechakka qarshi vaksinani olishdi.

Olimlar koronavirusning biriktiruvchi oqsilini o‘z ichiga olgan chechak vaksinasining rekombinant virusini yaratishga umid qilmoqdalar. Bunday yondashuv COVID-19'ga qarshi doimiy immunitetni shakllantirishga yordam beradi.

Sichqonlar ustida tajriba o‘tkazib ko‘rildi. Ularga parranda grippi genini o‘z ichiga olgan rekombinant chechak vaksinasi virusi yuborildi. Natijalar jonivorlarda 20 oydan ortiq vaqt davomida saqlanib qolgan yuqori darajadagi antitanachalar paydo bo‘lganligini ko‘rsatdi.

Vaksina mualliflari bunday vaksinalarning yuqori samaradorligi, nojo‘ya ta’sirlarining kamligi va ularni tashish va saqlash maxsus shartlarni talab etmasligini ta’kidlab o‘tishdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, klinik sinovlarni Yaponiyaning Nobelpharma dori ishlab chiqarish kompaniyasi 2023 yilda o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!