Yaponiyada o‘z joniga qasd qilishlar rekord darajada oshdi

Yaponiyada o‘z joniga qasd qilishlar rekord darajada oshdi

Yaponiyada o‘z joniga qasd qilish darajasi 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sharoitida oshdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda Yaponiyaning 20 919 fuqarosi o‘z joniga qasd qildi, bu 2019 yilga nisbatan 3,7 foizga ko‘pdir, deb xabar bermoqda The Japan Times.

Xususan, o‘z joniga qasd qilishlar soni birinchi lokdaundan keyin o‘sishni boshlagan.

Shu davr mobaynida koronavirusdan 3460 kishi vafot etgan. Ayollar va bolalar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish darajasining sezilarli o‘sishi qayd etildi.

2020 yilning dastlabki sakkiz oyida 300 dan ortiq maktab o‘quvchilari o‘z joniga qasd qilishga urinish natijasida vafot etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 30 foizga ko‘pdir.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada o‘z joniga qasd qilishning eng yuqori darajasi 2003 yilda kuzatilgan (taxminan 34 ming holat).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!