Yaponiya Rossiyaga KXDRdan qurol olgani uchun sanksiyalar kiritdi

Yaponiya Rossiyaga KXDRdan qurol olgani uchun sanksiyalar kiritdi

Yaponiya Rossiyaning 9 ta tashkiloti va bir nafar jismoniy shaxsga qarshi sanksiyalar kiritdi . Bu haqda Yaponiya Moliya va Tashqi ishlar vazirliklarining qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.

"Rossiyaning Shimoliy Koreyadan qurol sotib olishini Yaponiya BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalarining tegishli qoidalarini buzilishi, deb hisoblaydi. Bu esa Ukrainadagi vaziyatning yanada yomonlashishiga zamin yaratadi", deyiladi bayonotda.

Yaponiya tomonidan “224 Flight Squad Davlat aviakompaniyasi” OAJ bosh direktori Vladimir Mixeychikga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. Shuningdek, “Vladimirovka” ilmiy-tadqiqot majmuasi, “Ashuluk” poligoni, Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan “IBEX Shipping” va “Asia Shipping Holding” transport kompaniyalari ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!