Yangi Zellandiyada 28 fevraldan karantin joriy etildi

Yangi Zellandiyada 28 fevraldan karantin joriy etildi

 

New Zealand Herald gazetasining yozishicha, Yangi Zellandiyaning yirik shaharlaridan biri Oklendda koronavirusdan zararlanishning bitta holati qayd etilgani uchun 28 fevraldan boshlab karantin joriy etildi.

Karantin bir hafta kuchda qoladi. Bu vaqtda shahardagi barcha jamoat joylari yopiladi, fuqarolarga oiladan tashqari davralarda to‘planish taqiqlanadi, barcha sport musobaqalari, jumladan Round the Bays marafoni ham bekor qilinadi. Kompaniyalarga xodimlarni masofadan ishlash rejimiga o‘tkazish tavsiya qilinmoqda. Shaharga kirish va chiqish yo‘llari yopiladi.

Oldinroq Oklendda 3ta koronavirus bemori aniqlangani uchun 3 kunlik karantin e’lon qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!