Yangi urush tahdidimi? Isroil va «Hizbulloh» qarama-qarshiligi xavfli nuqtaga yetdi

Yangi urush tahdidimi? Isroil va «Hizbulloh» qarama-qarshiligi xavfli nuqtaga yetdi

Yangi urush tahdidimi? Isroil va «Hizbulloh» qarama-qarshiligi xavfli nuqtaga yetdi

calendar

21:43

458

Foto: AFP

Livandagi shialarning «Hizbulloh» guruhi Isroil janubida amalga oshirilib, isroillik bir harbiy o‘limi va yana bir qanchasi yaralanishiga sabab bo‘lgan hujumlarning yangi seriyasiga aloqadorligini tasdiqladi. Isroil o‘z shimoliy chegaralari himoyasi uchun faol harakatlarga o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi.

«Biz shimolda o‘ta intensiv harakatlarga tayyormiz», — dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu.

Xususan, bu Isroil mudofaa armiyasi Livan janubida «xavfsizlik zonasi» tashkil etish to‘g‘risida buyruq olishi mumkin, 2000 yilga qadar ham shunday hudud bo‘lgandi. Bu «Hizbulloh»ni Isroil chegaralaridan uzoqlashtirishga yordam beradi.

Urush yoqasida

Foto: AFP

Isroillik harbiy ekspertlar so‘nggi vaqtlarda Isroil hududi bo‘ylab raketa zarbalari, shuningdek dronlar yordamida hujumlar kuzatilayotgani, ularning harakatlanish masofasi ham ortganiga e’tibor qaratgan.

Isroil hukumati «Hizbulloh» arsenalida mamlakat markaziga qadar uchib kelishga qodir bo‘lgan qurollar borligidan xavotirlanmoqda.

«Hizbulloh»ning bayonotida so‘nggi bir kunning o‘zida guruh Isroilga qarshi 10 ta amaliyot o‘tkazgani, xususan chegara hududidagi shaharlarga va isroillik harbiylarning joylashuv manzillari bo‘ylab raketa zarbalari yo‘llangani, Isroilning «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa qurilmasiga zarba berilgani hamda portlovchi moddalar o‘rnatilgan dronlar bilan hujum qilingani aytiladi.

Shuningdek, so‘nggi kunlarda ikki tomon ham bir-birini artilleriya vositasida o‘qqa tuta boshlagan.

Isroil matbuoti ma’lumotiga ko‘ra, isroillik harbiylar orasidagi qurbon va yaradorlardan tashqari, bir kun oldin Isroil shimolidagi druzlar istiqomat qiluvchi Xurfeysha qishlog‘ida yashovchi 11 kishi yaralangan. Isroil mudofaa armiyasiga ko‘ra, qishloq hududida portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan ikki dron qulagan.

«Hizbulloh» rahbariyati isroilliklarning guruh pozisiyalariga bergan zarbalariga javoban harakat qilayotganini ma’lum qilgan. Xususan, xabar qilinishicha, bir kun oldin An-Nakureda guruh a’zolaridan biri halok bo‘lgan.

BMT payshanba kuni jiddiy eskalasiya xavfi yuqori ekanini tan olib, tomonlarni vazminlikka chaqirdi.

«Havorang chiziq» (2000 yilda BMT Isroil qo‘shinlarini Livan janubidan olib chiqish doirasida taklif etgan demarkasiya chizig‘i) bo‘ylab otishmalar davom etarkan, bosh kotib yana bir bor tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiradi. Bu otishmalar mintaqa uchun halokatli oqibatlarga olib keladigan yanada kattaroq mojaroga sabab bo‘lishi mumkin», — degan BMT vakili Stefan Dyujarrik.

Livan-Isroil chegarasidagi vaziyat o‘tgan yil oktyabrida, Hamas a’zolarining Isroilga hujumidan keyin keskinlashgandi, ammo shu vaqtga qadar, ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bu keskinlashuv mo‘’tadil deb tasniflangan.

Hozir esa ikki tomon ham keng ko‘lamli urush bosqichiga o‘tishga tayyor ekanini aytmoqda.

Ekspertlar fikricha, G‘azo sektorida harbiy amaliyot o‘tkazayotgan Isroil uchun bu boshqa bir frontda urush olib borish uchun mos vaqt emas, ammo unda «Hizbulloh»dan farqli o‘laroq resurs va imkoniyatlar yetarli.

Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan «Hizbulloh»ning ham harbiy imkoniyatlari kichik emas, ammo urush 2019 yildan buyon og‘ir ahvolda qolayotgan Livan iqtisodiyoti uchun o‘nglanmas zarba bergan bo‘lardi.

Yoz mavsumida mamlakatga millionlab sayyohlar kelishadi (asosan, xorijda yashovchi livanliklar) va iqtisodiyotni milliardlab dollarlar bilan ta’minlaydi.

Livanliklarning aksar qismi, jumladan «Hizbulloh» tarafdorlari ham turistik mavsumning avj pallasida vaziyat keskinlashishiga qarshi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!