Yahudiylar Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlaydi

Yahudiylar Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlaydi

Amerikaning Demokratik Yahudiy Kengashi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikalik yahudiylarning katta qismi vise-prezident Kamala Xarrisga ovoz berish niyatida.

Amerikalik yahudiylarning 68 foizi so‘rovnomada Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanini aytgan bo‘lsa, Trampni qo‘llab-quvvatlaganlar 25 foizga teng.

Qayd etilishicha, 1960 yillarning o‘rtalaridan boshlab amerikalik yahudiylarning aksariyati demokrat nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab kelgan. Ular 2020 yilgi oxirgi saylovda Baydenni 77 foiz bilan, Trampni esa 21 foiz ko‘rsatkich bilan qo‘llab-quvvatlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!