Xorijlik talabalar o‘zbek tilini onlayn shaklida o‘rganishlari mumkin

Xorijlik talabalar o‘zbek tilini onlayn shaklida o‘rganishlari mumkin

Xorijiy mamlakatlarda yashayotganlar uchun o‘zbek tilini o‘rganish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.


Xususan, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2021-2022 o‘quv yilidan ilk bor xorij talabalari uchun o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli yo‘lga qo‘yildi. Bakalavr mutaxassisligiga 15 nafar, magistratura yo‘nalishiga 50 nafar talaba suhbat asosida qabul qilindi.
Talabalar asosan AQSH, Rossiya, Polsha, Italiya, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Pokiston, Hindiston, Afg‘oniston va boshqa davlatlar fuqarolari hisoblanadi. Shu yildan boshlab ular ilk bor o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyatini masofadan turib o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!