Xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish boshlandi

Xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish boshlandi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ishlarni boshladi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

O‘zbekistonliklarning 71 kishidan iborat birinchi guruhi Moskvadan Toshkentga 12 oktyabr kuni 16:55 va 22:35da “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” aviareyslari bilan yetib keldi. Ularni aeroportda qarindoshlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, shuningdek, Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi vakillari kutib olishgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migrasiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 3839-sonli qarori bilan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi.

Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davomida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablag‘larsiz qolgan, og‘ir moddiy ahvolga uchragan fuqarolarga huquqiy va ijtimoiy himoya, shuningdek, moddiy yordam ko‘rsatish hisoblanadi.2018 yil 5-8 sentyabr Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining 19-kengashida Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi hududiy organlarining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridagi taxminan 1500 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarishga ko‘maklashish haqida kelishuvga erishilgan edi.Ta’kidlangan toifadagi shaxslar – bu og‘ir moddiy qiyinchilikka uchragan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga va yashash uchun mablag‘ga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir. Qaytarish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!