Xorazmda giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Xorazmda giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Bugungi sinovli kunlarda xalqimiz xavfsizligi va salomatligini asrab-avaylash eng ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Mamlakatimizda giyohvand moddalar savdosi va iste’moliga qarshi keskin choralar ko‘rilayotgan bir vaqtda hayotga yengil-elpi ko‘z bilan qarovchi ayrim yurtdoshlarimiz ayniqsa yoshlarimiz bu og‘u domiga tushib qolayotganliklari achinarli.

Bu borada bojxona organlari tomonidan ushbu jinoyatga qarshi kurashishda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. 1 dona oq rangli sellofan parchasiga o‘ralgan, og‘irligi 0,65 gramm bo‘lgan “opiy” giyoxvandlik vositasini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng, fuqaro X.M. ga tegishli bo‘lgan oq rangli “Kobalt” rusumli avtomashina belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, avtomashina boshqaruv ruli tagida 2 (ikki) dona “Tramadol lannaxer” yozuvli psixotrop tabletkalar borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro O.X. o‘z yashash uyi oldida og‘irligi 4,05 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga sotayotgan paytida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan fuqaro X.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi va 276-moddasi

2-qismi “a” bandi hamda fuqaro O.X.ga nisbatan jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!