Xonanda Nasafiy «Aktrisa» nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldi (video)

Xonanda Nasafiy «Aktrisa» nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldi (video)

Xonanda Nasafiy 29 noyabr kuni «Aktrisa» nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipini taqdim etdi.

Bu haqda "teznews.uz" xabar berdi.

Qashqadaryolik qo‘shiqchi 18 oktyabr kuni o‘zining Instagram’dagi sahifasida ilk klipining suratga olish jarayonlari boshlanishini haqida e’lon qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, suratga olish ishlari 21 oktyabr kuni boshlangan.

Ma’lumot o‘rnida, xonanda Nasafiy 27 noyabr kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasidan lisenziya olgan.

«Va nihoyat, mana, lisenziya. "O‘zbekkonsert"ga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», — deb yozib qoldirgandi xonanda "Instagram"dagi sahifasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!