Xitoyda Xiaomi kompaniyasining birinchi elektromobili sotuvga chiqdi

Xitoyda Xiaomi kompaniyasining birinchi elektromobili sotuvga chiqdi

Xiaomi korporasiyasi Xitoyda o‘zining birinchi elektromobili SU7 ni sotishni boshladi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Ley Szyun taqdimotiga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Xiaomi SU7 Xitoyning 29 shahrida sotiladi, yetkazib berish aprel oyi oxirida boshlanadi. Standart SU7 sedan 100 km/soat tezlikka 5,28 soniyada erishadi. U 73,6 kVt/soat quvvatga ega BYD Blade akkumulyatorida ishlaydi va 700 km masofani bosib o‘tadi.

Mazkur avtomobil 2023 yil oxirida taqdim etilgan. 12 mart kuni korporasiya SU7 sotuvi boshlanganini e’lon qilganida, Xiaomi’ning Gonkongdagi aksiyalari 12 foizga qimmatlashgan. Investorlar Xiaomi kompaniyasining o‘z biznesini xilma-xil qilish qaroriga ijobiy munosabat bildirgan.

Xiaomi’dan tashqari, Apple ham elektromobillar bozoriga kirishni rejalashtirgan edi. Biroq fevral oyida Amerika kompaniyasi o‘zining elektromobilini yaratish loyihasini yakunlashi ma’lum bo‘ldi. Ley Szyun taqdimot chog‘ida Apple kompaniyasining ketishini kutmaganini va Xiaomi Amerika kompaniyasi qurilmalarini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
Bloomberg Intelligence tahlilchilari SU7 ning o‘rtacha narxi 220 000–260 000 yuan (taxminan 30 700–36 200 dollar) bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Ley Szyun SU7 ning “500 000 yuangacha bo‘lgan eng yaxshi ko‘rinishdagi, eng yaxshi boshqaruvchi va eng aqlli sedan” bo‘lishini istashini aytgan. U SU7 Tesla Model S va Porsche Taycan Turbo elektromobillari bilan raqobat qilishi kerakligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!