Xitoy - O‘zbekistonning iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan yetakchi investor

Xitoy - O‘zbekistonning iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan yetakchi investor

Xitoy O‘zbekiston Markaziy Osiyo yuragidagi yirik davlat, degan pozisiyasiga sodiq qolmoqda. Respublikalar o‘rtasidagi yaqin va do‘stona munosabatlar Xitoy salohiyatini O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy dastur va loyihalarini amalga oshirishga, birinchi navbatda, aholi farovonligini oshirishga jalb qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda.

📈30 yildan ko‘p vaqt mobaynida XXR va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo 100 baravardan ziyodga o‘sgan. Xitoy Markaziy Osiyo davlatlaridan tovarlarni import qilish uchun o‘z bozorini asta-sekin ochmoqda, bu Xitoy rahbariyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga yangicha yondashuvidir.

📊China Global Investment Tracker ma’lumotlariga ko‘ra, XXRning Markaziy Osiyo mamlakatlariga investisiyalari, jumladan, qurilishga kapital qo‘yilmalar 2005 – 2023 yillar davrida 70,77 mlrd dollarni tashkil etdi. Xitoy investisiyalarini jalb qilish bo‘yicha Qozog‘iston 37,4 mlrd dollar bilan yetakchilik qilmoqda.

🌐Xitoy O‘zbekistonning yetakchi savdo sheriklaridan biri va mamlakatimiz iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan yetakchi investor hisoblanadi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlili shuni ko‘rsatdiki, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan XXR o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik, umuman olganda, jadal va izchil rivojlanib bormoqda.

📶XXR O‘zbekiston uchun eng yirik eksport bozori bo‘lib, O‘zbekistondan Xitoyga eksport hajmini oshirish uchun mahsulot turlarini diversifikasiya qilish choralarini ko‘rish muhim ahamiyatga ega. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 mlrd dollarga yetkazish uchun barcha asoslar mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!