Xitoy, Saudiya Arabistoni va Indoneziya Yevropa Ittifoqini Rossiya aktivlarini musodara qilishdan voz kechishga chaqirmoqda — Politico

Xitoy, Saudiya Arabistoni va Indoneziya Yevropa Ittifoqini Rossiya aktivlarini musodara qilishdan voz kechishga chaqirmoqda — Politico

Bu uch davlat Yevropa Ittifoqi vakillariga murojaat qilib, Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishni talab qilayotgan "AQSh va Buyuk Britaniyaning bosimiga qarshi turishga" chaqirdi, deya yozmoqda nashr manbalariga tayanib.

Gazeta manbalaridan biriga ko‘ra, Xitoy, Indoneziya va Saudiya Arabistoni Rossiyaning muzlatilgan davlat aktivlarining musodara qilinishi namunaviy holat bo‘lishidan va "keyingisi" o‘zlari bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqishadi.

Bu davlatlar, shuningdek, Rossiya aktivlarining musodara qilinishi Rossiyaning Ukraina bilan urushini yanada uzaytiradi va ularni mojaroda taraflardan birini tanlashga majbur qiladi, deb hisoblashi mumkin, deya qayd etadi Politico.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri G‘arb davlatlarida Rossiyaning 280 milliard yevroga yaqin mablag‘i muzlatib qo‘yilgan. Mablag‘larning katta qismi, taxminan 210 milliard yevro Yevropa Ittifoqiga to‘g‘ribkeladi. YEI rasmiylari ushbu mablag‘lardan foydalanish imkoniyatini 2022 yilning kuzidan beri muhokama qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!