Xitoy Parij Olimpiadasida birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Xitoy Parij Olimpiadasida birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Xitoylik sportchilar Chen Iven va Chang Yani Parijdagi Olimpiadada uch metrdan sinxron suvga sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Amerikalik Sara Bekon va KEssidi Kuk kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bronza britaniyalik Yasmin Xarper va Skarlett Meu Jensenga nasib etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Chang Yani va Chen Iiven dueti 337,68 ball, Sara Bekon va Kessidi Kuk 314,64 ball, Yasmin Xarper va Skarlet Meu Jensen 302,28 ball to‘pladi. Bu Xitoyning Olimpiadadagi ikkinchi oltin medalidir.

Bu yilgi yozgi o‘yinlarning birinchi bosh mukofoti xitoylik duet Xuan Yuting va Sheng Lixaoga nasib etdi. Aralash yo‘nalish bo‘yicha 10 metr masofadan pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha musobaqada sportchilar eng yaxshi natijaga erishdi.

Xitoylik sportchilar Janubiy Koreya terma jamoasini 16,12 hisobida mag‘lub etishdi. Bronza medali Qozog‘iston sportchilariga nasib etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!