Xitoy olimlari cho‘chqa grippining pandemiya keltirib chiqara oladigan shtammini aniqlashdi

Xitoy olimlari cho‘chqa grippining pandemiya keltirib chiqara oladigan shtammini aniqlashdi

Maqola mualliflarining ta’kidlashicha, cho‘chqalarga pandemiya keltirib chiqaruvchi gripp viruslari generasiyalashuvi jarayonining vaqtinchalik makoni sifatida qarash kerak. Shu bois gripp virusini tizimli kuzatib borish kelgusida yuz beradigan pandemiyadan ogoh etish va unga qarshi tayyorgarlik ko‘rish uchun juda muhimdir.

 

Tadqiqotchilar 2011 yildan 2018 yilgacha Xitoyning o‘nta viloyatida cho‘chqa grippi virusini kuzatuvga olishdi. Shu vaqt mobaynida olimlar cho‘chqa grippini keltirib chiqaruvchi 179 ta virusni ajratib oldilar.

 

Ularning orasida yaqinda paydo bo‘lgan o‘zida H1N1 genlarini tashib yuruvchi gripp shtammi ham bor ekan. Ushbu virus 2009 yilda pandemiyani keltirib chiqargan edi. G4 EA H1N1 nomini olgan ushbu shtamm 2016 yilda cho‘chqalarda keng tarqalgan edi.

 

Bundan tashqari, serologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, cho‘chqa fermasida ishlaydiganlarning 10,4 foizida, ushbu shtammga qarshi antitela mavjud bo‘lgan. Antitela ko‘proq 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ishchilarda aniqlangan.

 

«Bunday infektivlik ushbu virusning inson tanasiga moslashish imkoniyatini sezilarli ravishda oshiradi va pandemiya keltirib chiqaruvchi virusga aylanish ehtimolini keltirib chiqaradi», — deb xulosa chiqaradi olimlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!