Xitoy janubida suv toshqinlari davom etmoqda

 Xitoy janubida suv toshqinlari davom etmoqda

Guandun provinsiyasiga yopirilgan kuchli yog‘ingarchiliklar rasmiylarni mamlakatning aholi tig‘iz yashaydigan ushbu qismida 110 ming kishini evakuasiya qilishga majbur qildi.

Xinhua davlat axborot agentligi xabar berishicha, 22 aprel holatiga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lib, yana 10 kishi bedarak yo‘qolgan.

Agentlikka ko‘ra, 36 ta uy qulagan, yana 48 tasi jiddiy shikastlangan. Suv toshqinlari yetkazgan jami zarar miqdori ayni vaqtga kelib 140 mln yuandan ortiqqa (19 mln AQSh dollari) baholanmoqda.

Mamlakatning boshqa qismlarida, jumladan Pekin, Tyanszin va Hebey provinsiyasida ham “o‘rtacha kuchlilikdagi” yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!