Xitoy elchisi Tayvanda harbiy operasiya o‘tkazilishini istisno etmadi

Xitoy elchisi Tayvanda harbiy operasiya o‘tkazilishini istisno etmadi

Xitoyning Parijdagi elchisi Lu Shaye Tayvanda harbiy operasiya o‘tkazilishi mumkinligini inkor etmadi.

Fransiyaning BFMTV telekanali efirida diplomat Tayvan atrofidagi navbatdagi eskalasiya mavzusiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tayvanliklarga qarshi operasiya bo‘lmaydi.

Lu Tayvanda odamlarning miyasi yuvilayotganiga diqqat qaratdi: “Birlashgandan keyin ularni qayta tarbiyalaymiz. Ishonchim komilki, bundan keyin Tayvan xalqi yana birlashish tarafdori bo‘ladi. Ular yana vatanparvar bo‘lishadi”.

Elchining bu bayonotidan so‘ng jurnalist “Bu tahdidlar yordamida sodir bo‘ladimi?” degan savolni berdi. Bunga Lu javob berdi: "Tahdidlar bilan emas, balki qayta tarbiyalash bilan".

Elchining ta’kidlashicha, AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi “juda ko‘p xavf-xatarlarga to‘la” va “nomaqbul provokasiya”dir.

Elchi Xitoy faqat AQSh provokasiyasiga javob berayotganini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!