Xitoy AQShni mamlakatning xorijdagi korxonalariga bosimni to‘xtatishga chaqirdi

Xitoy AQShni mamlakatning xorijdagi korxonalariga bosimni to‘xtatishga chaqirdi

Xitoy AQShni mamlakatning xorijdagi korxonalariga asossiz o‘tkazilayotgan bosimni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi, dedi tashqi ishlar mahkamasi rasmiy vakili Gen Shuan onlayn-brifingda.

“Xitoy hukumati hamisha korxonalarga tashqi hamkorlikda xalqaro me’yorlarga va mahalliy qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni uqtiradi”, dedi diplomat.

Ria Novostiga xabariga ko‘ra, u: “Bunday boshboshdoqlik AQShning o‘zi olqishlovchi bozor iqtisodi mezonlarini ochiqchasiga inkor qilish bo‘lib, AQSh obro‘iga, pirovardida esa, amerikalik kompaniyalar manfaatiga putur yetkazadi”, deb ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!