Xiaomi kompaniyasi o‘z avtomobilini taqdim etishi mumkin

Xiaomi kompaniyasi o‘z avtomobilini taqdim etishi mumkin

Yo‘ltanlamas o‘zining silueti bilan Suzuki Jimny yoki Mercedes G-Class’ni yodga soladi.

Mazkur tizerni hazil tariqasida qabul qilish mumkin edi, biroq bunga yo‘l qo‘ymaydigan bir-ikkita «jihatlar» bor. Birinchidan, gap qandaydir insayder haqida emas, Xiaomi’ning rasmiy sahifasi haqida ketmoqda. Ikkinchidan, surat ostidagi yozuv barchasi jiddiyligini ko‘rsatadi: «Avtomobil yaratish? Biz jiddiy!». Tizer e’lon qilinganidan so‘ng, o‘chirib tashlangan, biroq bu uning internet tarmog‘ida tarqalib ketishining oldini olmagan.

Ta’kidlash kerakki, Xiaomi mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilib keladi. 2019 yilda Xiaopeng Motors kompaniyasiga sarmoya ham kiritgan edi. Qayd etilishicha, Xiaopeng P7 elektrosedanini hozirda yetkazib berish boshlangan bo‘lib, u Tesla’ning muqobili bo‘lishi kutilmoqda. Biroq Xiaopeng P7 kuzovining silueti mutlaqo boshqacha. Shu sababli aynan qaysi avtomobil haqida gap ketayotgani noma’lum: avtomobil o‘yinchoq bo‘lib chiqishi ham mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!