«Xayraton – Mozori Sharif» temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

«Xayraton – Mozori Sharif» temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 21 fevral kuni «Xayraton stansiyasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hamda Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi vakillari ishtirokida »Xayraton – Mozori Sharif« temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga bag‘ishlangan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlarning kelishuviga asosan, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, »O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilindi.

Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda «Naibobod» stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda «Xayraton» stansiyasining «B» parkida hamda temir yo‘l infrastrukturasining 57 km bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!