Xavyer Miley birpaytlar o‘zi “aqli yarim” deb atagan Rim papasi bilan uchrashdi

Xavyer Miley birpaytlar o‘zi “aqli yarim” deb atagan Rim papasi bilan uchrashdi

Rim papasi Fransisk Argentinadagi birinchi ayol avliyo Antulini kanonizasiya qildi. Marosimda Argentina prezidenti Xavyer Miley ishtirok etdi, u avvalroq pontifikni qattiq tanqid qilgan, deb yozadi Euronews.

Kanonizasiya marosimi 11 fevral, yakshanba kuni Vatikandagi Avliyo Pyotr soborida bo‘lib o‘tdi.

Bayramda Argentina prezidenti Xavyer Miley ham ishtirok etdi.

Saylov kampaniyasi paytida anarxo-kapitalist tez-tez Rim papasini tanqid qilib, uni "kommunizmni targ‘ib qiluvchi", "aqli yarim" deb atagan.

Saylanganidan keyin Xavyer Miley ritorikasini pasaytirib, tadbirda birinchi marta uchrashgan 87 yoshli Frensisni quchoqlab kurishdi.

Argentinaning siyosiy va diniy yetakchilari dushanba kuni shaxsiy uchrashuv o‘tkazadi.

Keyin Argentina prezidenti Italiya bosh vaziri Jorja Meloni va Italiya prezidenti Serjo Mattarella bilan muzokaralar o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!