Xanchjou-2022, shaxmat: Qizlarimizda yirik g‘alaba, yigitlarda alamli mag‘lubiyat

Xanchjou-2022, shaxmat: Qizlarimizda yirik g‘alaba, yigitlarda alamli mag‘lubiyat

Xanchjoudagi Osiyo O‘yinlarida shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi musobaqada bugun 4-tur bahslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreya termasiga qarshi dona surib, yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada qizlar jamoamizning ochkolari 4 taga yetdi. Bu turda mahoratli shaxmatchimiz Umida Omonovaga dam berildi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi esa peshqadam Eron bilan to‘qnash keldi. Abdusattorov, Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida durang qayd etishdi. Javohir Sindarov esa 30-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishi oqibatida mag‘lubiyatga uchradi. Vaholanki, ushbu yurishgacha vaziyat teng bo‘lib turgandi. Hisob — 1,5:2,5.

Eron ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolarini 8 taga yetkazgan bo‘lsa, O‘zbekistonning ochkolari 5 taligicha qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!