Xalqaro kosmik stansiyadan 2,5 tonnali tarixdagi eng og‘ir chiqindi tashlab yuborildi

Xalqaro kosmik stansiyadan 2,5 tonnali tarixdagi eng og‘ir chiqindi tashlab yuborildi

Xalqaro kosmik stansiyadan (XKS) og‘irligi 2,5 tonnali, eski batareyalari bo‘lgan keraksiz platforma tashlab yuborildi. U shu paytgacha stansiyadan tashlab yuborilgan eng og‘ir chiqindi bo‘ldi. Uning translyasiyasi NASA  sayti orqali berildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

2020 yil may oyida stansiyaga Yaponiyaning HTV-9 yuk kemasi tomonidan yangi akkumulyatorli platforma olib kelindi. Stansiyaning Amerika segmentidagi akkumulyatorlar almashtirilgach eski akkumulyatorlar keyinchalik tashlab yuborish uchun platformaga o‘rnatilgan.

Eski batareyalardan iborat platforma SSRMS masofaviy manipulyatori tomonidan qabul qilindi va xavfsiz holatga keltirildi. Shundan keyin u XKSdan tashlab yuborildi.

Akkumulyatorlari bilan og‘irligi 2,5 tonna bo‘lgan platforma stansiyadan tashlangan eng og‘ir chiqindiga aylandi. Vaqt o‘tishi bilan u orbitadan chiqib, Yer atmosferasining zich qatlamlarida yonib ketadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!