Xalqaro huquqqa ko‘ra, Janubiy Osetiya Gruziya hududi hisoblanadi

Xalqaro huquqqa ko‘ra, Janubiy Osetiya Gruziya hududi hisoblanadi

Rossiya harbiylari o‘zini Janubiy Osetiya* deb e’lon qilgan Tsxinvali yaqinida Gruziya fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Gruziya Davlat xavfsizlik xizmatiga tayanib, «Echo of Caucasus» xabar bermoqda.

Voqea haqidagi ma’lumotlar Yevropa Ittifoqi monitoring missiyasiga topshirildi. «Yana bir noqonuniy hibsga olish fakti haqidagi ma’lumot zudlik bilan Jenevadagi xalqaro muhokamalar hamraislari va xalqaro hamkorlar e’tiboriga yetkazildi. <...> Gruziyaning bosib olingan hududlarida, shuningdek, ishg‘ol chizig‘i bo‘ylab sodir etilgan barcha buzg‘unchi harakatlar uchun javobgarlik Rossiyaning bosqinchi kuchlari zimmasiga yuklatiladi», — deyiladi xabarda.

*Xalqaro huquqqa ko‘ra, Janubiy Osetiya Gruziya hududi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!