Xalqaro banklar O‘zbekiston energetika tizimiga $ 4,7 mlrd sarmoya kiritdi

Xalqaro banklar O‘zbekiston energetika tizimiga $ 4,7 mlrd sarmoya kiritdi

Markaziy Osiyo hududida suv eneregetika tizimiga ko‘p tomonli banklar investisiyalari miqdori bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinda.

EOTB ma’lumotlariga ko‘ra, suv-energetika tizimiga eng ko‘p sarmoya kiritgan davlat bu Qozog‘iston ($2,783 mlrd. yoki YAIMning 1,6%) va O‘zbekiston ($1,377 mlrd yoki YAIMning 2,4%). Tojikiston SEMga $507 mln, Qirg‘iziston esa – $89 mln. sarmoya kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2025 yilga qadar umumiy quvvati 7331 MVt qo‘shimcha 18ta elektr stansiya ishga tushiriladi. Birinchi quyosh elektr stansiyasi Navoiy viloyatida allaqachon ishga tushgan.

Kelgusi yilda hududda birinchi atom elektr stansiyasi uchun ikki energoblok qurilishi boshlanadi. Rossiya tomonidan loyihada “Rosatom” davlat korporasiyasi ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!