WFP G‘azo sektori shimoliga yordam yetkazib berishni to‘xtatdi

WFP G‘azo sektori shimoliga yordam yetkazib berishni to‘xtatdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) G‘azo sektori shimoliga oziq-ovqat yordami yetkazib berishni shartlar yordamni xavfsiz taqsimlash imkonini bermaguncha to‘xtatishga qaror qildi.

🎖 Avvalroq Isroil armiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ish bilan shug‘ullanuvchi Yaqin Sharq agentligiga (UNRWA) tegishli yuk mashinasini o‘qqa tutgan edi.

Tashkilot hisobotida G‘azoda ochlik va kasalliklarning tez ortib borayotgani, oziq-ovqat va toza suv tanqisligi ayollar va bolalarning ovqatlanishi va immunitetiga tahdid solayotgani, o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslik holatlari ko‘payishiga, shuningdek, ochlikdan o‘limga olib kelgani qayd etilgan.

👶 BMT WFP va BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) hisobotiga ko‘ra, G‘azo shimolida 2 yoshgacha bo‘lgan har oltinchi bola o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!