Volgoradda o‘zbekistonlik yigit polisiya xodimiga nega pora taklif qildi?

Volgoradda o‘zbekistonlik yigit polisiya xodimiga nega pora taklif qildi?

Volgogradda prokuratura polisiya xodimiga pora taklif qilgan 25 yoshli o‘zbekistonlikka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Janubiy transport prokuraturasi xabar qildi.

Joriy yilning dekabr oyida Volgorad-1 stansiya temir yo‘l vokzali binosida O‘zbekiston fuqarosi polisiya xodimi Rossiyaga kirish qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortmoqchi bo‘lgan tanishiga yordam berishga uringan. Migrant IIV xodimiga 1000 rubl miqdorida pora taklif qilgan, ammo polisiya xodimi pul olishdan bosh tortgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va prokuratura tekshuruvni o‘z nazoratiga oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!