Vashington Kishinyov va Tiraspolni "birgalikda ishlashga va har ikki tomon hamjamiyatlarining dolzarb muammolariga yechim topishga" chaqiradi

Vashington Kishinyov va Tiraspolni "birgalikda ishlashga va har ikki tomon hamjamiyatlarining dolzarb muammolariga yechim topishga" chaqiradi

Qo‘shma Shtatlar tan olinmagan Dnestrbo‘yi Respublikasi deputatlarining Moldova bilan ziddiyatda yordam so‘rab Rossiya Federasiyasi va xalqaro tashkilotlarga qilgan murojaatiga shunday izoh berdi.

"Rossiyaning Yevropada tobora tajovuzkor va beqarorlashtiruvchi rolini hisobga olib, biz Moskvaning harakatlarini va Dnestrbo‘yidagi umumiy vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz. Qo‘shma Shtatlar Moldova suvereniteti va xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi", — deya ma’lum qildi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!