Va nihoyat! Xalqaro donorlar rohinjalarga yordam beradi

Va nihoyat! Xalqaro donorlar rohinjalarga yordam beradi

Xalqaro donorlar qochqinga aylangan yuz minglab rohinjaga 600 million dollarga yaqin yordam ajratadi.

Bu haqda “Al-Jazira”ga tayangan holda "azon.uz" xabar bermoqda . 

BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi payshanba kuni o‘tkazgan virtual videokonferensiyada AQSh qariyb 200 million dollar, Yevropa Ittifoqi 113 million, Britaniya esa 60 million dollarga yaqin yordam ajratishga va’da bergan. Xayriyaga boshqa bir qator davlatlar ham o‘z hissalarini qo‘shadi, Rossiya va Xitoy esa bu kampaniyaga qo‘shilishni istamadi. 

BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissarining aytishicha, “xalqaro hamjamiyat gumanitar yordamga sodiqligini namoyon etdi va jami 597 million dollar yig‘ib beradigan bo‘ldi”. 

2017 yilning avgustida Myanmada boshlangan qirg‘inlar tufayli 730 mingdan ziyod musulmon rohinjalar qo‘shni Bangladeshga qochib o‘tgan. BMT ekspertlari Myanma armiyasining qirg‘indan ko‘zlagan maqsadi genosid bo‘lgan degan xulosaga kelgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!