“O‘zsanoatqurilishbank” Chilonzor filiali sobiq rahbari 9 yil 2 oy muddatga qamaldi

“O‘zsanoatqurilishbank” Chilonzor filiali sobiq rahbari 9 yil 2 oy muddatga qamaldi

5 mart kuni “O‘zsanoatqurilishbank” Chilonzor filialining sobiq boshqaruvchisi lavozimida ishlagan G‘.Q.ga sud hukmi o‘qildi.

U filialdagi rahbarligi davrida kredit ajratilgan jamiyatlarga norasmiy ravishda ta’sischi bo‘lib kirib, jamiyatlarning daromadlariga sherik bo‘lish va bank kredit mablag‘larini o‘zlashtirish orqali daromad ko‘rish jinoiy rejasini ishlab chiqqan.

Ayblanuvchi G‘.Q. jabrlanuvchi F.U va uning qizi U.U.ning mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, ularga tegishli uyni garovga qo‘ydirishga erishgan va o‘z norasmiy rahnamoligidagi korxonaga 5 mlrd. so‘m kredit ajratgan.

G‘.Q. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan “C.I.G.” MCHJ yordamida 12 oy muddatga 3 oy imtiyozli davr bilan 5 mlrd. so‘m ajratilgan kreditni maqsadsiz sarflab yuborib, bankka qaytarish choralarini ko‘rmagan.

Shuningdek, sobiq boshqaruvchi tomonidan kredit ta’minoti sifatida “H.T.G.P.” MCHJga tegishli Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududida joylashgan xizmat ko‘rsatish bino va inshootlari ham garovga qo‘yib yuborilgan.

Sud hukmi bilan unga 9 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!