O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ayol qo‘lga olindi

O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ayol qo‘lga olindi

Toshkent shahar, Yashnobod tumanida yashovchi 33 yoshli (ayol) R.D. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjerida “Man baxtlimaaannn” nomli profil egasi, R.D.ning fotosuratlarini haqoratli yozuvlar bilan Internet ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar, Sirg‘ali tumanida yashovchi 30 yoshli (ayol) X.F. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan (ayol) X.F., jabrlanuvchi (ayol) R.D.ning fotosuratlarini “Telegram” messenjeridagi “Man baxtlimaaannn” nomli profilda, shuningdek, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi “allohim_0101” akkaunti orqali (ayol) R.D.ni turli so‘zlar bilan haqoratlab, kamsitgan va ushbu akkauntda uning fotosuratlarini haqoratli yozuvlar bilan joylashtirganligi aniqlangan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, (ayol) X.F.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!