“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Namangan filialiga yangi direktor tayinlandi

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Namangan filialiga yangi direktor tayinlandi

Ushbu vazifada faoliyat boshlagan Mirzoxid Kamolovich Boqiyev 1974 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1996 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutining ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uni boshqarish yo‘nalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996 yilda “Uzdunrobita” QQ Namangan filiali mijozlar bo‘limi mutaxassisi lavozimidan boshlagan. So‘ngra “Telekom-Tek” QAJ bosh direktorining marketing bo‘yicha o‘rinbosari, “Unitel” MCHJ Namangan bo‘limi rahbari, viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, “Coscom” MCHJning Namangan, Qo‘qon, Andijon hududiy bo‘limlari rahbari, “O‘zbektelekom” AK Toshkent filiali tijorat direktori lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali tijorat direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

“O‘zbektelekom” AK boshqaruvi raisining buyrug‘iga ko‘ra Boqiyev Mirzoxid Kamolovich “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali direktori lavozimiga tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!